UZMOBILE GSM tarmog‘i ishga tushiriladi

15-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILE GSM tarmog‘i ishga tushiriladi.
UZMOBILE GSM tarmog‘iga abonentlarning ulanishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi barcha "O‘zbektelekom" AK sotuvlar ofislarida 15 aprel kuni soat 14.00dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi va mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatildi.
Qarorga muvofiq, 2014-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab mobil aloqa milliy operatori UZMOBILEni jahon ishlab chiqaruvchilarining eng yangi uskunalarini o‘rnatish orqali jadal rivojlantirish nazarda tutilgan.
"O‘zbektelekom" AK UZMO-BILE filiali CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini foydalanishga topshirish hamda kelgusida rivojlantirishni davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining qurilishi faol olib boriladi.
2016-2017 yillarga borib, butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
UZMOBILE o‘z abonentlari uchun qulay va arzon tarif rejalari, shuningdek, har ikki: CDMA-450 EV-DO hamda GSM 2G/3G, 4G LTE standartlari ustunliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etish yo‘lida ish olib borayotir.
909
online-boy
Barcha izohlar: 1 | |
![]() ![]() ![]() | |