Вверх


Yangiliklar
So`ngi yangiliklar

Blog
Muxlislar birga

Tanlovlar
biz forumdamiz

Hafta faoli
Forum
Главная » 2015 » Апрель » 16 » TANIB BO'LMAS "REAL MADRID"... TAHLIL
20:36
TANIB BO'LMAS "REAL MADRID"... TAHLIL

"Real Madrid" so'nggi 10 yilda yuz bermagan yirik hisobdagi mag'lubiyatga uchradi. Tan olish kerakki, bu holat sharmandali bo'ldi. Xo'sh, "Atletico"ga qarshi o'yida zulmat soyasida qolib ketgan jamoa haqida nimalar deyish mumkin?
2015-yil "Real Madrid" uchun omadli kelmayapti. Yaqindagina klub o'z tarixidagi eng sermahsul yilni boshdan kechirdi. Klublararo mundialda g'alaba qozongan Madrid klubi Yevropaga qaytgach, xunuk natijalar qayd eta boshladi.


Dekabr oyi yakuniga ko'ra, klub La Ligada 39 ochko jamg'ardi. "Atletico" va "Real Sociedad"gagina mag'lub bo'lgan jamoa, boshqa barcha uchrashuvlarda faqat g'alaba qozondi. Chempionlar ligasida esa guruh bosqichida 100% natija qayd etib, 1/8 finalga yo'l oldi. Qirollik klubida muvofaqqiyatli o'yinlar boshlagan edi, UEFA Super kubogi esa mavsum startida yutib olindi, faqatgina Ispaniya Super kubogida yana o'sha "Atletico" "vikinglar"ni kuboksiz qoldirdi.


Mavsum boshidan dekabr yakuniga qadar shakllangan raqamlar shunchaki aqlbovar qilmas darajada edi. Madridliklar har bir uchrashuvda o'rtacha 3,25 ta gol urdi, boshqacha aytganda 94 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. O'z darvozasidan esa o'rtacha har o'yinda 0,68 ta gol qo'yib yubordi. La Ligada har bir bahsda o'rtacha 2,6 tadan ochko jamg'arib bordi.


2015-yil kirib kelgach, Ancelotti shogirdlari 9 rasmiy uchrashuvlarda yomon natijalar qayd eta boshladi. Rekordli yurish to'xtab qoldi. Bor yo'g'i 5 o'yingina madridliklar foydasiga hal bo'ldi. Qirollik kubogida ikki o'yin natijasiga ko'ra va La Liganing 22-turida yana o'sha "Atletico", La Ligada "Valencia"ga imkoniyatni boy berdi. Bu bilan klub ilgarigi natijalarining naqd teng yarmini qayd eta boshladi. E'tibor qiling, 9 uchrashuvda 17 gol, bu o'rtacha har o'yinga atigi 1,88 ta goldir.


O'tkazib yuborilgan gollar esa 2 baravardan ko'proqqa oshibketdi: 1,44 gol. Chempionatda har o'yinga to'planayotgan 2,6 ochko endilikda 2,14 ochkoga tushib ketdi.



Umuman olganda, Qirollik klubi hozir "kichik inqiroz ko'chasida. Undan chiqib olish uchun jamoada kerakli bo'lgan barcha narsa bor: 7 kun muhlat, jarohat olgan futbolchilar o'rniga Varane, Nacho, Illarra, Jese, Khedira. Ochig'ini aytganda klubga o'ziga xos "xorvat motori" - Luka Modric kerakka o'xshaydi.
Luka esa taxminan 10 kunlarda umumiy guruhga qo'shilishi mumkin. Ungacha esa jamoa iroda namoyish etib, yaxshi natijalarni saqlab turishi kerak. 


Biz muxlislar nima deyishimiz mumkin. Albatta, haqiqiy muxlis sifatida biz jamoaga ishonishda davom etamiz!


www.merengues.ru

Просмотров: 969 | Добавил: online-boy | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar