16:50 DUNYONING ENG YAXSHI FUTBOLCHISI HAQIDA KICHIK TAHLIL |
Keling, aziz muxlis amalda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblangan Cristiano Ronaldoning so'nggi uchrashuvlardagi o'yinlari ustida kichik tahlil o'tkazamiz...
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda birinchi davrani fantastik natijalar bilan yakunladi. Bevosita uning bu aqlbovar qilmas ko'rsatkichlari jamoaning ham 22 g'alabali rekordli yurish bilan bog'liq edi. Oddiy elementar faktor shuki, o'yini qovushgan jamoadagina har qanday uning a'zosi ham yuqori natijalarga erisha oladi. Boshqacha qilib aytganda shundagina "ko'pning karvoni yura boshlaydi".
Ronaldoning faoliyatida aynan shu davr bilan bog'liq voqealar kechdi va kechmoqda. 2015-yilda "Real Madrid" baz'or o'yin ko'rsatmoqda, bu esa bevosita CriRoga ta'sir etmay qolmadi. Sermahsullik kamayishi oqibatida, u ham gollardan bebahra bo'lib qolmoqda. Boshqa tomondan esa futbolchining shaxsiy hayotidagi muammolar "dard ustiga chipqon" bo'ldi. Lekin biz bilgan Ronaldo - irodali inson. Buni uning hayot yo'llaridan boxabar har qanday muxlis yaxshi biladi. Ronaldo La Ligada so'nggi 3 uchrashuvda gol ura olmadi. Bunday xunuk ko'rsatkich uning faoliyatida 2011-yildan buyon kuzatilmay kelmoqda edi.
To'g'ri, u kecha gol urmadi, biroq jamoaga ancha yordam berdi. Uning "Deportivo" darvozasi tomon bergan zarbalari, uning ijrosidagi nafis elastiko finti, "Santiago Bernabeu" tomonidan futbolchining qo'llab-quvvatlashi unga bo'lgan ishonch o'z o'rniga qaytayotganligidan darak bermoqda. O'yin davomida Ronaldo ko'proq jamoadoshlariga o'ynadi va golli uzatmaga mualliflik qildi. Carlo Ancelotti ham endi uning holatidan havotirda emas!
Uchrashuvdan so'ng esa Ronaldo yaxshi kayfiyatda Instagramida "G'alabadan mamnunman", - deya yozib qoldirdi. Ishonchimiz komil, Cristianoning quruq seriyasi "Schalke"ga qarshi uchrashuvda barham topadi, buni uning harakatlari isbotlab turibdi.
BO'SHASHMA CR7!!! |
|
Всего комментариев: 0 | |